Musofirlar haqida juda taʼsirli sheʼr
Yana qoʻlga olib qalam
Sogʻinchimni etdim bayon
Ichimdagi dardu alam
Faqat bir oʻzimga ayon
Yuribmanku mehnat qilib
Yurtdan olis makonlarda
Har kun halol rizqim terib
Ishlayapman sovuqlarda
Goh magʻlubman goho gʻolib
Hatto baʼzan bekor qolib
Sogʻinchimni kuyga solib
Yashayapman musofirda
Otajonim men yaxshiman
Onajonim ishim yengil
Akam ukam yuribdimi
Qalay oʻzi erka singil
Qishloq ancha oʻzgargandir
Chiroy ochib gullagandir
Doʻstu jura qadirdonlar
Sogʻu salomat yurgandir
Bu yerlarda dardkashim yoʻq
Biror yaqin sirdoshim yoʻq
Ammo havotir olmanglar
Ustim butu qornim ham toʻq
Yaqin qoldi diydor oni
Men qaytaman tugasa qish
Sogʻindimda vatanimni
Oʻzimizda ham koʻpku ish
Sogʻinchimni etdim bayon
Ichimdagi dardu alam
Faqat bir oʻzimga ayon
Yuribmanku mehnat qilib
Yurtdan olis makonlarda
Har kun halol rizqim terib
Ishlayapman sovuqlarda
Goh magʻlubman goho gʻolib
Hatto baʼzan bekor qolib
Sogʻinchimni kuyga solib
Yashayapman musofirda
Otajonim men yaxshiman
Onajonim ishim yengil
Akam ukam yuribdimi
Qalay oʻzi erka singil
Qishloq ancha oʻzgargandir
Chiroy ochib gullagandir
Doʻstu jura qadirdonlar
Sogʻu salomat yurgandir
Bu yerlarda dardkashim yoʻq
Biror yaqin sirdoshim yoʻq
Ammo havotir olmanglar
Ustim butu qornim ham toʻq
Yaqin qoldi diydor oni
Men qaytaman tugasa qish
Sogʻindimda vatanimni
Oʻzimizda ham koʻpku ish
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!