💡 Qiziqarli maʼlumotlar

Patlar haqida qiziqarli 8 ta maʼlumot

2 daqiqa 3.4K marta oʻqildi
Patlar haqida qiziqarli 8 ta maʼlumot
Koʻp jihatdan qushlar oʻz goʻzalligi uchun patlardan qarzdor. Ularning sharofati bilan odamlar qushlarni turlarga ajrata olishadi, lekin shu bilan birga ularning xususiyatlari haqida juda kam bilishadi. Biz tabiatning yana bir moʻjizasi boʻlgan va koʻpincha odamlar hayotning eng kutilmagan sohalarida ishlatadigan patlar haqida qiziqarli maʼlumotlarni sizlar uchun taqdim etamiz.

1. Patlar namlanmaydigan maxsus modda bilan qoplangan. Aynan shu hususiyat qushlarni yomgʻirdan himoya qiladi. Patning ustiga tushgan tomchilar unga singmasdan pastga tushadi. Xuddi shu sababga koʻra, suv qushlari hech qachon choʻkmaydi - ularning dumlarida yog' chiqaradigan bez bor. Qushlar uni tumshugʻi bilan butun vujudga yoyib, patlarni namlanishidan oʻzlarini himoya qilishadi.2. Patlar qushlarni nafaqat suvdan, balki issiqlik, sovuq va hatto ultrabinafsha nurlaridan ham himoya qiladi. Aytishimiz mumkinki, bu har xil fasllar uchun universal himoya.
Patlar haqida qiziqarli 8 ta maʼlumot3. Paxmoq patlar hattoki izgʻirinda ham qushlar tanasini sovuq haroratdan himoya qila oladi. Gap shundaki paxmot patda ideal izolyator boʻlib, unga hatto sintetik materiallar ham raqib boʻla olmaydi.
Patlar haqida qiziqarli 8 ta maʼlumot4. Tovuslarning yorqin patini optik illyuziya deb atash mumkin, chunki ularning patlari chindan ham jigarrang. Haqiqat shundaki, yorugʻlik toʻlqinlarining patga tushishi uning rangi oʻzgarishiga sabab boʻladi. Bu uni rang-barang qiladi. Shunga oʻxshash holatni sovun pufakchalarida ham kuzatishingiz mumkin.
Patlar haqida qiziqarli 8 ta maʼlumot5. Uchish patlarini tuzilishi tufayli miniatyura qanoti deb atash mumkin. Qanotning old tomoni orqa tomoniga nisbatan koʻproq yelpinadi. Ularning magistralida kichik bir truba bor, buning natijasida ular buzilmasdan kuchli egilishga qodir.
Patlar haqida qiziqarli 8 ta maʼlumot6. Boyqushlarning patlari shunday tuzilganki, ularning parvozlari shovqinsiz oʻtadi. Bu esa qushlarga qorongʻida oʻljasini hech bir qiyinchiliksiz ovlashga imkon beradi.
Patlar haqida qiziqarli 8 ta maʼlumot7. Parvoz qilish natijasida patlar qariydi va toʻkila boshlaydi. Toʻkilgan patlarning oʻrnini esa yangi patlar oʻsib chiqish orqali toʻldiradi. Shu bois ham qushlarning qanotlari hech qachon uchish qobiliyatini yoʻqotmaydi.
Patlar haqida qiziqarli 8 ta maʼlumot8. Pat faqatgina qush va parrandalarda mavjud. Dunyodagi qolgan jonzodlar bunday “mojiza”dan bebahradirlar.
Patlar haqida qiziqarli 8 ta maʼlumot
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!