Foydali nonushta formulasi

Nonushta uchun umumiy qoida mavjudmi? Bizni har qanday holatda ham ertalabki nonushtadan voz kechmaslikka undagan Amerikla va Britaniya olimlari bu savolga javobni yaqindagina taqdim etdilar. “Vaqtim yetmaydi”, “Ertalab ishtaxam yoʻq”, “Semirib ketishdan qoʻrqaman” yoki “yegim kelmayabdi” kabi bahonalar qabul qilinmaydi.
Tungi uyqudan soʻng organizmning quvvat zahirasini toʻldiruvchi nonushtra miya faoliyatini kuchaytiradi, diqqatni jamlashga yordam beradi, almashinuv jarayonlariga ijobiy taʼsir koʻrsatib, kunduzgi ehtiyoj va tamaddilarni qisqartirgan holda ishtahani tartibga soladi.Foydali nonushta formulasi juda oddiy, u barchamizga maʼlum mahsulotlarni oʻz ichiga oladi:
Boshoqli oʻsimliklar – A va B guruhidagi vitaminlar, oqsil, magniy, kaliy fosfor va temir moddalarining konidir. Bunday vitaminli kokteyl organizmning ichki balansini meʼyorda ushlab turish uchun juda zarur. Boshoqli oʻsimliklar quvvatni taʼminlab beruvchi – uglevodlarga juda boy. Nonushta taomnomasini tuza turib, boʻtqa va myusli haqida ham unutmang. Sut mahsulotlari tarkibida koʻp miqdorda oqsil va kalsiy mavjud. Yogurt isteʼmol qilib, qahva yoki choyga sut qoʻshib yuboring.
Ichimliklar organizmni suyuqlik bilan taʼminlaydi. Mineral suv, choy yoki qahva. Oʻzingizga maʼqul kelganini ichishingiz mumkin.
Yangi mevalar – klechatka va vitaminlarning asosiy manbai boʻlib, ular ham dasturxoningizda boʻlishi shart.
Non ustiga losos boʻlaklari va yangi bodring qoʻysangiz buterbrod haqiqiy quvvatga aylanadi.

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!