🕌 Islom

Tasbehlar namozi

6K marta oʻqildi
Tasbehlar namozi
Paygʻambarimiz sollallohu alayhi va sallam kunlarning birida amakisi Abbos roziyallohu anhuga shunday dedi: «Ey amakim Abbos! Senga bir mukofot beraymi? Senga bir yaxshi narsa aytaymi? Seni 10 narsaning egasi qilib qoʻyaymi? Agar sen oʻshani bajarsang, unda Alloh Taolo sening avvalgiyu keyngi, eskiyu yangi, bilib va bilmay qilgan, kichkinayu katta, yashirin va oshkora qilgan gunohlaringni hammasini kechiradi. Bu ish 4 rakat nafl namoz (tasbeh namozi deb niyat qilib) oʻqimoqlik. Har bir rakatda Fotiha va zam surasi oʻqilganidan keyin rukudan oldin «SubhanAllohi valhamdulillahi va laa ilaaha illallohu vallohu akbar»deb 15 marta oʻqimoq, keyin rukuda shu soʻzlarni 10 marta oʻqimoq, rukudan turganida 10 marta soʻng sajdada 10 marta, sajdadan oʻtirganda 10 marta soʻng sajdada 10 marta, sajdadan turganda yana 10 marta hammasi boʻlib 75 marta boʻladi. Shu tariqa har bir rakaʼtda 75 martadan oʻqiladi. Agar qoʻlingdan kelsa shu namozni kuni sayin bir martadan oʻqigin. Agar unday qilolmasang har juma kuni bir marta oʻqi, agar unday qilolmasang bir oyda bir marta oʻqi, agar unday qilolmasang bir yilda bir marta oʻqigin. Mabodo uni ham qilolmasang bir yilda bir marta oʻqigin. Mabodo uni ham qilolmasang u holda hech boʻlmasa umringda bir marta boʻlsa ham oʻqigin»-dedi.
(Abu Dovud).
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!