🕌 Islom

Oxirgi imkoniyat

2.4K marta oʻqildi
Oxirgi imkoniyat
- Hasan Basriy bir brodarini dafn qilgandan keyin uning qabri ustidan turdida yonida turgan insonga oʻgirilib:

- Nima deb oʻylaysan hozir bu (koʻmilgan inson) dunyoga qaytarilsa nima qilgan boʻlar edi?

- Oldida turgan inson aytdiki: U Allohga tavba qilgan, ibodat qilib, koʻproq yaxshi amallar qilgan boʻlar edi.

- Shunda Hasan Basriy aytdiki: Unda bunday imkoniyat boʻlmaydi Ammo senda hozircha shu imkoniyat bor.

Izoh: Birodarim hayotga bir marta kelishingizni oʻzingiz yaxshi bilasiz. Balkim sizga berilgan bu birgina imkoniyat bir hafta yoki bir kundan keyin nihoya topar, haqiqatdan shunday boʻlishi mumkinligi haqida tafakkur qiling va bu boʻlishi mumkinligi tushuning. Vaqtingizni yoʻqotmasdan Allohga qayting, oʻzingizni haqiqiy rohat makoni jannatga atang, koʻz ochib yumguncha oʻtib ketadigan, mashaqqatlar toʻla dunyo hayotiga emas.

Robbim sizni jannat yoʻliga hidoyat qilsin!
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!