❤️ Sevgi haqida sherlar

Yigʻlamang

1.9K marta oʻqildi
Armon boʻlib qolsam bagʻringiz gʻashlab,
Dilingiz ogʻritar soʻzlarim boshlab.
Ketar boʻlsam agar dunyoni tashlab,
Yigʻlamang men uchun koʻzingiz yoshlab!

Kim uchun suyanchiq boʻlgan qalqonman,
Kimlarning orzusi boʻlgan armonman.
Sizni bir yuqlamay qoʻygan yomonman,
Yigʻlamang men uchun koʻzingiz yoshlab!

Besh kunlik dunyoni omonat biling,
Insonsiz insonga yaxshilik qiling.
Qoʻlingizni ochib duolar qiling!
Yigʻlamang men uchun koʻzingiz yoshlab!

Tong chogʻi shabnamdek gullarga qoʻnsam,
Yuzingizga tomgan yomgʻirda boʻlsam.
Sogʻinsangiz tunlar tushlarga kirsam!
Yigʻlamang men uchun koʻzingiz yoshlab!
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Sevgi haqida sherlar

Qaytib bering

12-aprel, 20212.2K
Sevgi haqida sherlar

Sen ketasan

12-aprel, 20211.4K
Sevgi haqida sherlar

Barchasi sevgimdan bilmas u xamon

12-aprel, 20211.9K
Sevgi haqida sherlar

Singlimning dugonasi

12-aprel, 20218.1K
Sevgi haqida sherlar

Sizda qolgan koʻnglim qaytarib bering

12-aprel, 20212.3K
Sevgi haqida sherlar

Iddao

12-aprel, 20211.4K