Iddao
Oh, oʻylasam ogʻrinadi dil.
Yuragimni tirnar dardlarim,
Garddek ketdi oʻttiz yetti yil.
Yashasangu birov tanimay
Oʻtib ketsang eh qanday yomon.
Uzoq kutdim oxir chidamay,
Yoʻlga chiqdim mashxurlik tomon.
Nohaqlikda, hech unitishmas,
Koʻngliga sheʼr zavqin berganni.
Ammo bir bor eslab qoʻyishmas
Kitoblarin tashib yurganni.
Balki biroz ichiqoraman,
Hech yuvilmas koʻnglimdan kirlar.
Ularniku men tanitaman,
Tanimaydi meni shoirlar...
Oʻqimayman endi ularni,
Yoʻlim tersga burib ketaman.
Berkitgancha kutubxonamni
Eshikka qulf urib ketaman.
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!