Sensiz men
Uygʻonsang laxzada ketarman oʻchib.
Sensiz men qanotsiz qushga oʻxshayman,
Koʻkni sevamanu ketolmam uchib.
Sensiz men manzili yoʻq bir yoʻlovchi,
Chalkash koʻchalarni kezaman daydib.
Sensiz men kuymanu yoʻq bir tinglovchi,
Dardli nolalarga ketaman singib.
Censiz men quyoshman bulutlar toʻsgan,
Kichik darchalardan boqaman taʼftsiz.
Sensiz men koʻzyoshman yolgʻizlik quchgan,
Yommgʻirdek toʻkilib boraman baxtsiz.
Senziz men yakuni yozilmagan sheʼr,
Oʻqib boʻlmas sira miriqib meni.
Sensiz oyogʻimni tortar qaro yer,
Yuraginga yashir berkitgin meni.
Sensiz men orzuman ushalmaydigan,
Xarchand intilmayin erishib boʻlmas.
Senziz men bemorman tuzalmaydigan,
Netay bu dard bilan kelishib boʻlmas.
Senziz boʻgʻzim ichra oʻtmaydi nafas,
Yolgʻiz umidimsan erta kun uchun.
Sensizlikni menga ep koʻrmasang bas,
Men axir tirikman faqat sen uchun.
Sensizlikni ravo koʻrmagin menga,
Yolgʻiz umidimsan erta kun uchun!
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!