Sevib qolsangiz
Olib kelgan gulim olsangiz.
Ishoning men baxtli boʻlardim,
Agar meni sevib qolsangiz.
Baxtlilardan baxtli qilardim,
Hayotimga kirib kelsangiz.
Qoʻlingizdan mahkam tutardim,
Agar meni sevib qolsangiz.
Baxt uzugin tanlab olardim,
Yuragimga umid bersangiz.
Dunyolarga sigʻmay qolardim,
Agar meni sevib qolsangiz.
Baxt qasriga olib borardim,
Bir jilmayib kulib qoʻysangiz.
Dardingizni doyim olardim,
Agar meni sevib qolsangiz.
Men sevgida axtli boʻlardim,
Sevgi choʻgʻin qalbga solsangiz.
Ishoning men baxtli boʻlardim
Agar meni sevib qolsangiz.
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!