Yigʻlarman, yigʻlarman, yana yigʻlarman

Yana oʻsha alam, oʻsha iztirob,
Hijron qoʻllarida boʻldim-ku xorob,
Dardga shifo bermas hattoki sharob,
Yigʻlarman, yigʻlarman, yana yigʻlarman.
Siz uchun egildi tik turgan boshim,
Endi qaro tunlar mening sirdoshim,
Daryodek oqadi koʻzdagi yoshim,
Yigʻlarman, yigʻlarman, yana yigʻlarman.
Orzular, adalar uchdi havoga,
Nahot mendek oshiq sigʻmas dunyoga,
Nolalar yetmas-mu qodir xudoga,
Yigʻlarman, yigʻlarman, yana yigʻlarman.
Taqdir sinolari ayirdi bizni,
Oʻzga yor qoʻliga tutqazdi sizni,
Yurakdan sevgandim bir oʻzingizni,
Yigʻlarman, yigʻlarman, yana yigʻlarman.
Besh kunlik dunyodir hammasi yolgʻon,
Bizgacha bu olam kimlardan qolgan,
Siz urur yurakka azoblar solgan,
Yigʻlarman, yigʻlarman, yana yigʻlarman.
Baxtingiz tilashdan yoʻq oʻzga choram,
Barcha qizlar ichra tanho, yagonom,
Alvido, alvido mangu durdonam,

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!