❤️ Sevgi haqida sherlar

Seni yana koʻrarmikanman

11.2K marta oʻqildi
Seni yana koʻrarmikanman
Mana, kunlar oʻtar kunlarni quvib,
Yuragim soviydi javobsiz kuyib,
Umr toymoqdadur adoqqa ovib,
Seni yana koʻrarmikanman?..

Quyosh ham aldaydi botib ketguncha,
Doʻstga doʻstman doim sotib ketguncha,
Xayollar toʻzgʻiydi toki oʻtguncha
Seni yana koʻrarmikanman?..

Tuygʻularim yigʻlar, qoladi gʻijim,
Dardu balolarga gʻamhona ichim,
Xayotimda kutgan soʻngi ilinjim-
Seni yana koʻrarmikanman?..

Qoʻngʻiroq chaladi umr karvoni,
Boshlaydi hayollar ajib gʻavgʻoni,
Tinglayman koʻnglimda yashar navoni-
Seni yana koʻrarmikanman?
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Ketma…
Sevgi haqida sherlar

Ketma…

23-iyun, 20217.8K
Kuzatish
Sevgi haqida sherlar

Kuzatish

23-iyun, 202111.6K