❤️ Sevgi haqida sherlar

Ketma…

7.8K marta oʻqildi
Ketma…
Sen yoʻq, bir kun qadring bilinar,
Sen yoʻq, yurak bagʻrim tilinar.
Mendan yiroq ketmagin gulim,
Vaslingga zor etmagin gulim.

Sirli nigoh boʻlmas sen kabi,
Nurli nigoh boʻlmas sen kabi,
Senga mushtoq boʻlmas men kabi,
senga mushtoq boʻlmas men kabi.

Sogʻinganda quchoq ochib kel,
Dilga hushboʻy atring sochib kel.
Yuragimga nurday oqib kel
Mendan yiroq ketmagin gulim
Vaslingga zor etmagin gulim.

Sen yoʻq bir kun qadring bilinar
Sen yoʻq yurak bagʻrim tilinar…
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Kuzatish
Sevgi haqida sherlar

Kuzatish

23-iyun, 202111.6K