🕌 Islom

Ayollar namozining farqlari

3.5K marta oʻqildi
Ayollar namozining farqlari
Savol: Ayollar namozi qanday farqlanadi?
Javob: Erkaklar namozidan sakkiz joyda farq qiladi:
1) Takbirda ayollar qoʻllarini yelkagacha koʻtaradilar;
2) Qoʻl koʻtarilgan paytda qoʻllar yeng ichida boʻladi;
3) Ayollar qoʻllarini koʻkraklarining ustiga qoʻyadilar;
4) Erkaklar rukuʼda tizzalarini bukmaydilar, balki yozib turadilar, ayollar ozroq bukib turadilar;
5) Erkaklar rukuʼda tizzalariga suyangan vaqtlarida qoʻl barmoqlarini ochib turadilar, ayollar ochmaydilar;
6) Sajdada boʻlgan vaqtda erkaklar bilaklarini yerdan va qovurgʻalaridan, qorinlarini sonlaridan va yerdan uzoq tutadilar, ammo xotinlar sonlarini qorinlariga yopishtirib, yigʻilibroq sajda qiladilar;
7) Erkaklar qaʼdada oʻtirgan hollarida oyoqlarini tik bosib, barmoqlarini qiblaga oʻgirib turadilar, chap oyoqlarini yotqizib, uning ustiga oʻtiradilar, ammo ayollar ikki oyoqlarining uchlarini oʻng tarafga qaratib, chap dumbalarini yerga tekkizib oʻtiradilar;
8 Erkaklar farz namozini azon va iqomat aytib jamoat birla oʻqiydilar, ayollar uchun azon va iqomat shart emas. Ularga namozni jamoat va imom birla oʻqish makruh.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!