❤️ Sevgi haqida sherlar

Faqat sen

1.6K marta oʻqildi
Rashk qilmagin yakkaginam, yagonam,
Kuydirishda, qizgʻonishda bir donam,
Sendan oʻzga begonadir har odam,
Hayolimda faqat sensan, faqat sen!

Oʻzgasiga qayrilib ham boqmadim,
Koʻzim qisib, qoshlarimni qoqmadim,
Seni toptim, shukur keldi omadim,
Hayolimda faqat sensan, faqat sen!

Gʻiybatchilar mish-mishlari yolgʻondir,
Tuhmatlari, qilmishlari yolgʻondir,
Jonim ishon qalbda mehrim ummondir,
Hayolimda faqat sensan faqat sen!

Oʻzgalarni nomin tilga olmadim,
Oʻzim suygan yolgʻizimdan qolmadim,
Aldamadim, hech hiyonat qilmadim,
Hayolimda faqat sensan, faqat sen!

Ishonmasang yuragimni yorib koʻr,
Tuygʻularim qoʻllaringga olib koʻr,
Dunyoyimda bir on mehmon boʻlib koʻr,
Hayolimda faqat sensan, faqat sen!

Oʻlgunimcha shunday boʻlar toabad,
His qilganim, oʻtli, rashkli muhabbat,
Bizga bagʻrin ochmoqdadir goʻzal baxt,
Hayolimda faqat sensan, faqat sen!
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Sevgi haqida sherlar

Yoʻqotishdan qoʻrqaman

18-dekabr, 20231.9K
Sevgi haqida sherlar

Yuring baxtni izlab ketamiz bugun

18-dekabr, 20231.3K
Sevgi haqida sherlar

Borligʻimsan kechmayman hech ham

18-dekabr, 20231.6K
Sevgi haqida sherlar

Ancha boʻldi koʻrmay qoʻyganman

18-dekabr, 20231.2K
Sevgi haqida sherlar

Faqat sizni sizni sevaman

18-dekabr, 20231.7K
Sevgi haqida sherlar

Ayting kimni sevay sizni sevmasdan

18-dekabr, 202334.2K