❤️ Sevgi haqida sherlar

Yoʻqotishdan qoʻrqaman

1.9K marta oʻqildi
Soʻra beray hohla neni,
Yolgʻiz qoʻyma faqat meni.
Bu dunyoda gulim seni,
Yoʻqotishdan qoʻrqaman.

Menga boqqan koʻzlaringni,
Koʻnglim yoqqan soʻzlaringni.
Qalbimdagi izlaringni,
Yoʻqotishdan qoʻrqaman.

Boʻlmasin hech dunyoyim kam,
Dil koʻrmasin alam, alam.
Ishon seni, yor juda ham,
Yoʻqotishdan qoʻrqaman.

Sen borimsan, keragimsan,
Urib turgan yuragimsan,
Begʻuborim, malagimsan,
Yoʻqotishdan qoʻrqaman.

Muhabbatda yonib, yonib,
Ranjima deb yoning olib,
Oʻzimdan ham koʻp qizgʻonib,
Yoʻqotishdan qoʻrqaman.

Senikidir mening dilim,
Oʻtar umrim, har bir yilim,
Doim birga boʻl sevgilim,
Yoʻqotishdan qoʻrqaman.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Sevgi haqida sherlar

Borligʻimsan kechmayman hech ham

18-dekabr, 20231.6K
Sevgi haqida sherlar

Faqat sen

18-dekabr, 20231.6K
Sevgi haqida sherlar

Yuring baxtni izlab ketamiz bugun

18-dekabr, 20231.3K
Sevgi haqida sherlar

Ancha boʻldi koʻrmay qoʻyganman

18-dekabr, 20231.2K
Sevgi haqida sherlar

Faqat sizni sizni sevaman

18-dekabr, 20231.7K
Sevgi haqida sherlar

Ayting kimni sevay sizni sevmasdan

18-dekabr, 202334.2K