Ayting kimni sevay sizni sevmasdan
Sogʻinch qiynayverar sira bezmasdan
Yoshimni artmangiz agar yigʻlasam
Ayting kimni sevay sizni sevmasdan
Yurgan yoʻllarimiz eslatib tursa
Rasmingizni quchsam agar bilmasdan
Xotiralar boshimda aylanib yursa
Ayting kimni sevay sizni sevmasdan
Yodimga tushasiz oʻtirsam tursam
Mana qiynayapsiz qarang kelmasdan
Siz uchun shirin bir xotira boʻlsam
Ayting kimni sevay sizni sevmasdan
Yurakda joy yoʻqdir boshqalar uchun
Koʻksimda uradi siz deb tinmasdan
Borimni beraman bitta siz uchun
Ayting kimni sevay sizni sevmasdan
Sizni deb yashasam sizni deb oʻlsam
Sizni deb xattoki oʻzimdan kechsam
Qayta qayta sevgi sharobin ichsam
Ayting kimni sevay sizni sevmasdan.
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!