Yuring baxtni izlab ketamiz bugun
Baxtsizlar indamay jim qolaverar
Shunday charchab ketdim sevgidan beun
Boshimga xar kuni gʻam solaverar
Qoʻying nima boʻlsa boʻladi endi
Quvonib yashaymiz baxtga toʻlamiz
Dunyo tashvishlarin unutib endi
Birga shodon yashab birga kulamiz
Olamni Munavvar etaylik yuring
Tonganlar yoʻlida ketaversinlar
Xayotda usizam baxtliman koʻring
Armonni qoʻltiqlab oʻtaversinlar
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!