Lichkangga bir qarab qoʻy!
Taratgansan dilga boʻy.
Sabrim toʻldi jonidan...
Lichkangga bir qarab qoʻy!
Boshqalardan qoch uzoq,
Biz tomonda boʻlsin toʻy.
Kul qildi oʻtli firoq,
Lichkangga bir qarab qoʻy!
Mayli janjal boshlagin,
Pichoq bir-la kelib soʻy .
Ishlaringni tashlagin,
Lichkangga bir qarab qoʻy!
Guruhlarga koʻp yozma,
Yozsang menga yozib toʻy.
Oʻzgaga koʻzing suzma,
Lichkangga bir qarab qoʻy!
Kelgin gulim, kel gulim,
Birga surgin shirin oʻy.
Kutib oʻtmasim umrim,
Lichkangga bir qarab qoʻy!
Sabrim tugab boʻlmasdan,
Rashkim kelsa ishqqa yoʻy.
Zuhra oʻlmasdan,
Lichkangga bir qarab qoʻy!
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!