Oʻshanda ketaman hayotingizdan
Qolaman kulgichingizda,
Qitigʻlab quyoshni kuldirish uchun!
Siz shunda anglaysiz,
Nechogʻlik qiyin. ishqiga baxt
Tilab yashashning kuchin.
Ketmayman!
Koʻzingiz ortida yashab,
Koʻrsatgim keladi dunyolarimni.
Koʻrasiz,
Holimga turasiz qarab,
Va sekin tinglaysiz duolarimni.
Hayrat...
Oʻz domiga yutadi sizni,
Ibodatlarimda koʻrib oʻzingiz.
Javobsiz...
Savollar ila men tomon,
Javdirab qaraydi shunda koʻzingiz.
Ha...
Oʻzimdan yashirgan ishqim edingiz
Hamono tilim va dilimning yodi.
Aytmoqqa juratim yetmagani kez,
Haqqim yoʻqligida chekkan faryodim.
Bari
Bir - bir oʻtar hayollarimdan,
Zor qolgan emassiz hozir ham menga.
Qoʻrqaman,
Yigʻloqi savollarimdan.
Sizni sevmaganman hech qachon deng va
Oʻshanda ketaman hayotingizdan!!!
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!