Sevdim seni Lolaginam
Oʻzimni bir donaginam
Hammadan ham keragimsan
Sevdim seni Lolaginam
Xasta yurak boʻlib betob
Axvolimni etma xarob
Sevgi shunday shirin azob
Sevdim seni Lolaginam
Yoʻllaringa intizor man
Bemoringman dardi bor man
Visolingdan umidvor man
Sevdim seni Lolaginam
Koʻzlaringni sevdim biram
Bu hayotim senla bekam
Qoʻlingni ber menga erkam
Sevdim seni Lolaginam
Dardlarimga bergin davo
Ish bogʻidan kelgan sado
Bu umrimda berib mano
Sevdim seni Lolaginam
Yashay senla baxtga toʻlib
Armonlarim ketgin yulib
Goxi yigʻlab goxo kulib
Sevdim seni Lolaginam
Sogʻinyapman nozlaringni
Kulib turgan koʻzlaringni
Eslab shirin soʻzlaringni
Sevdim seni Lolaginam
Ishon menga gulim faqat
Baxtli qilay seni albat
Oddiy shoir Temur Axmad
Sevdi dildan Lolaginam
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!