💔 Ayriliq haqida sherlar

Ayrilmasak boʻlmaydimi yor

1.3K marta oʻqildi
Topilmaydi naxot bir chora,
Yurak bagʻrim boʻldiku pora,
Soʻnayabman holimga qara,
Ayrilmasak boʻlmaydimi yor.

Koʻzlarimdan toʻxtamaydi yosh,
Axir menga oʻzingsan sirdosh,
Ayriliqqa yetmaydi bardosh,
Ayrilmasak boʻlmaydimi yor.

Keng dunyolar koʻzlarimga tor.
Sen bilmaysan yigʻladim zor zor.
Bir ilojin topsayding qani,
Ayrilmasak boʻlmaydimi yor.

Qoʻllarimdan tutganding oʻzing,
Mendan ortiq sevganding oʻzing,
Naxot yoqmi endi bir soʻzing,
Ayrilmasak boʻlmaydimi yor.

Endi menga armon tashlanar,
Qora kunlar asta boshlanar,
Sensiz ishon koʻzim yoshlanar,
Ayrilmasak boʻlmaydimi yor.

Keng dunyolar koʻzlarimga tor.
Sen bilmaysan yigʻladim zor zor.
Bir ilojin topsayding qani,
Ayrilmasak boʻlmaydimi yor.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Ayriliq haqida sherlar

Ayrilib keydikmi endi indamay

18-dekabr, 20231.1K
Ayriliq haqida sherlar

Ket desangiz, ketaman tamom

18-dekabr, 20231.2K
Ayriliq haqida sherlar

Qoʻy yegʻlama bevafo boʻlsa

18-dekabr, 20231.1K
Ayriliq haqida sherlar

Endi kelma

13-aprel, 20213.5K
Ayriliq haqida sherlar

Armonli muhabbat

13-aprel, 20213.4K