Ket desangiz, ketaman tamom
oʻchiraman barini dildan.
Kunlar oʻtib, bilinsa qadrim,
Topolmaysiz meni hech yerdan...
Hijron bolin yashaysiz totib,
Goh alam, goh gʻamlarga botib,
Ketar chogʻi ketsam uygʻotib,
Topolmaysiz meni hech yerdan...
Soʻng uzringiz boʻlar befoyda,
Koʻz yoshingiz oqsada soyda,
Yashayman bir holiroq joyda,
Topolmaysiz meni hech yerdan...
Qadrim biling ketganim hamon,
Yigʻlang izlab toʻrttala tomon,
Biling ahir judolik yomon,
Topolmaysiz meni hech yerdan...
....Ket desangiz....ketaman tamom....
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!