Dunyoga sigʻmasdan bir qiz yigʻlaydi
Oʻziga vafodor sirdosh izlaydi
Koʻnglida armoni qoʻlida bardosh
Dunyoga sigʻmasdan bir qiz yigʻlaydi
Xayot koʻp sinadi sinovlarida
Kuzdayin sargʻayib unsiz boʻzlaydi
Muxabbatning oʻtli olovlarida
Dunyoga sigʻmasdan bir qiz yigʻlaydi
Taqdirin soʻksinmi yoki oʻzini
Yonida turibon armon soʻzlaydi
Yoshi toʻxtamaydi qarang koʻzini
Dunyoga sigʻmasdan bir qiz yigʻlaydi
Armonni yetaklab yashaydi endi
Sarson koʻchlarda baxtni izlaydi
Xayotda qandayin yashaydi endi
Dunyoga sigʻmasdan bir qiz yigʻlaydi.
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!