Sogʻingandim borolmadim yor
Oʻlgani yoʻq xali xislarim bisyor
Yana bitta tunim oʻtarkan bedor
Sogʻingandim borolmadim yor
Yana xijron qoʻlin tutdim indamay
Yoki borsammikan dilni qiynamay
Yoʻq kelma dedingiz meni oʻylamay
Sogʻingandim borolmadim yor
Ayting sogʻinchimga yupanch qaydadir
Izlayman telbaday balkim oydadir
Yoki surnaydami yokim naydadir
Sogʻingandim borolmadim yor
Izgʻirin dalalar chopsak qaytardi
Balki soʻgindim deb asta aytardi
Koʻzingizga sekin boqsam yetardi
Sogʻingandim borolmadim yor
Bu soʻngi kun emas men xafa boʻlsam
Sogʻinchni quchoqlab bagʻrimga olsam
Meni izlab keling sogʻinib qolsam
Sogʻingandim borolmadim yor
Dalda bering sogʻinchimga jim
Tinglasangiz bilasiz dardim
Axir siz xam sogʻingansiz jim
Sogʻingandim borolmadim yor
Otlandimu yoʻllardan qaytdim
Sogʻinchimni suvlarga aytdim
Xafa boʻlmang oʻqib siz baytim
Sogʻingandim borolmadim yor.
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!