Yigʻlamang
Bir quvonch tatimas uzoqlardasiz.
Sizga qoʻlim yetmas yetmaydi mangu,
Siz endi oʻzgani quchogʻidasiz.
Oʻzgani shod etar kulgularingiz.
Sinib ketar endi tugʻularingiz.
Ayriliq azobin ikkimiz tortik.
Armon degan yukni yelkaga ortik.
Yigʻlamang sogʻinib majnun laylidek,
Bu koʻz yoshlaringiz qalbim tirnaydi.
Baxtsiz qilmang faqat uni ham mendek,
Yigʻlasangiz u ham baxtli boʻlmaydi.
Bir umrga unuting shirin oʻtmishni.
Baxorga almashing ayozli qishni.
Axir sizga baxtni koʻraman ravo.
Baxtli boʻlsangiz bas yatar Dilrabo.
Qiynamang meni ham, yuragimni ham,
Oʻzi dardga toʻlib aytmay yuribdi.
Hayotdan umidim uzilgan shu dam,
Yuragim ham zoʻrgʻa urib turibdi.
Yigʻlamang sogʻinib majnun laylidek,
Bu koʻz yoshlaringiz qalbim tirnaydi.
Baxtsiz qilmang faqat uni ham mendek,
Yigʻlasangiz u ham baxtli boʻlmaydi.
Izohlar 0
Hozircha izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!