Yolgʻizligim bilmaysizmi
Yurak qoʻmsar koʻzingizni.
Qalbim yonar firoqdaman,
Koʻrgim kelar oʻzingizni.
Yurak yutib borolmayman,
Tagʻdir yoʻlim toʻsaverar.
Oʻzgasini sevolmayman,
Yurak sizni kutaverar.
Yolgʻizligim bilmaysizmi.
Bilib atay kelmasizmi.
Koʻzlarimni bir quvnatib,
Kelib xursad qilmaysizmi.
Keling yana shamol boʻlib,
Sochlarimni mayin silab.
Keling yana oydek toʻlib,
Yuzingizga toʻyay qarab.
Kutaverib madorim yoʻq,
Kelib dardim olmaysizmi.
Sizdan boshqa sevganim yoʻq,
Siz ham menday sevmaysizmi.
Yolgʻizligim bilmaysizmi.
Bilib atay kelmasizmi.
Koʻzlarimni bir quvnatib,
Kelib xursad qilmaysizmi.
Izohlar 0
Hozircha izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!