Yoqmadikmi, katta koʻcha
Parvonadek kuydik necha
Koʻnglingizni ololmay, lek
Yoqmadikmi, katta koʻcha?!
Sizmas koʻkka yetdi ohim
Sevganimmi yo gunohim
Ayon emas dil siyohim
Yoqmadikmi, katta koʻcha?!
Ishq-muhabbat bir ertakmi
Sizga shaxzoda kerakmi
Mehr tuymas shu yurakmi
Yoqmadikmi, katta koʻcha?!
Yurak yashar ,,u" deb urib
Pisand qilmas qoshin kerib
Gulga shuncha mehr berib
Yoqmadikmi, katta koʻcha?!
Ketdingiz boy yuray deya
Zar koshona quray deya
Koʻksimga tig' uraymi-ya
Yoqmadikmi, katta koʻcha?!
Shaydolikda edik mohir,
Qadrimizni toptab oxir,
Boʻlolmadik Zuhro, Tohir
Yoqmadikmi, katta koʻcha.
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!