✍️ Sherlar

Onamga oʻxshagan qizlar bormikan?

3.4K marta oʻqildi
Boʻydoqlik ham jonga tegdi doʻstlarim,
Yolgʻizlarga bilmam dunyo tormikan.
Uylanaman men ham shu yil doʻstlarim,
Onamga oʻxshagan qizlar bormikan?

Oʻzi goʻzal tengsiz ibo hayoda,
Irodami balki ismi Ziyoda.
Eh doʻstlarim oʻzi yorug' dunyoda,
Onamga oʻxshagan qizlar bormikan?

Osmondagi oyni orzu qilmayman,
Bazilardek boyni orzu qilmayman,
Dunyo kezib koʻrsammikin bilmayman,
Onamga oʻxshagan qizlar bormikan?

Yolgʻizlikda sira koʻnglim toʻlmaydi,
Hayollarim janonlarni oʻvlaydi,
Onamga oʻxshasa yomon boʻlmaydi,
Onamga oʻxshagan qizlar bormikin.

Tagʻdir boʻlsa toʻy ham boʻlar bir kuni,
Topar har bir yigit oʻzin juftini,
Qodir doʻstim aytgin menga sen shuni,
Onamga oʻxshagan qizlar bormikan?
Telegram

Izohlar 0

Hozircha izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!

Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.
Sherlar

Uzur sizga yuragimni berolmayman

18-dekabr, 202318.4K
Sherlar

Yoqmadikmi, katta koʻcha

18-dekabr, 20232.8K
Sherlar

Yoʻqladingiz soxta doʻstlarim

18-dekabr, 20234K
Sherlar

Men ketaman

18-dekabr, 20231.3K
Sherlar

Bir malaksiz, oysuluv

18-dekabr, 20233.4K
Sherlar

Yolgʻizligim bilmaysizmi

18-dekabr, 20234.3K