Bir malaksiz, oysuluv
Ammo qalbda yoʻq vafo,
Ortdan gaplar qilibsiz
Malomatga besh baho!
Chiroyingiz tengi yoʻq,
Koʻrganni qilar ado,
Sevdim kuydim derdingiz,
Sadoqatga besh baho!
Bir dilga vaʼda berib,
Rashklar ham qilib goho,
Talantlisiz, chaqqonsiz
Mahoratga besh baho!
Oddiy yigit ne kerak,
Siz bilasiz, siz daho,
Juda teran fikringiz,
Xayolotga besh baho!
Zeb-u ziynat sizga ep,
Kir qalbga boʻlar davo,
Boyligingiz koʻpaysin,
Daromadga besh baho!
Bizni oʻzdan narilab,
Surmoqdasiz kayf-safo,
Ichdan pishgan ekansiz
Xiyonatga besh baho!
Izohlar 0
Hozircha izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!