Ammo sizning mehringizdan kam boʻladi
Tizzangizga boshim qoʻysam tizlar choʻkib,
Ayblarimga afv soʻrasam yoshlar toʻkib,
Yashayapsiz mening uchun gʻamlar chekib,
Gar istasam butun olam jam boʻladi,
Ammo sizning mehringizdan kam boʻladi.
Olloh menga omad bersa suyundingiz,
Ozor cheksam mendan oldin kuyundingiz,
Otajonim, bor mehringiz ilindingiz,
Gar istasam butun olam jam boʻladi,
Ammo sizning mehringizdan kam boʻladi.
Ota, baxtni zor – zor kutdim, kela olmas,
Oʻgʻlingizni shoir koʻngli toʻla olmas,
Baxt buyukdir, ammo sizdek boʻla olmas,
Gar istasam butun olam jam boʻladi,
Ammo sizning mehringizdan kam boʻladi.
Qalbim tutdim sheʼr yozay deb nomingizga,
Magʻrur turing, men borman – ku yoningiza,
Men baxtliman, aro kirsam joningizga,
Gar istasam butun olam jam boʻladi,
Ammo sizning mehringizdan kam boʻladi.
Ayblarimga afv soʻrasam yoshlar toʻkib,
Yashayapsiz mening uchun gʻamlar chekib,
Gar istasam butun olam jam boʻladi,
Ammo sizning mehringizdan kam boʻladi.
Olloh menga omad bersa suyundingiz,
Ozor cheksam mendan oldin kuyundingiz,
Otajonim, bor mehringiz ilindingiz,
Gar istasam butun olam jam boʻladi,
Ammo sizning mehringizdan kam boʻladi.
Ota, baxtni zor – zor kutdim, kela olmas,
Oʻgʻlingizni shoir koʻngli toʻla olmas,
Baxt buyukdir, ammo sizdek boʻla olmas,
Gar istasam butun olam jam boʻladi,
Ammo sizning mehringizdan kam boʻladi.
Qalbim tutdim sheʼr yozay deb nomingizga,
Magʻrur turing, men borman – ku yoningiza,
Men baxtliman, aro kirsam joningizga,
Gar istasam butun olam jam boʻladi,
Ammo sizning mehringizdan kam boʻladi.
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!