Koʻp sogʻindim

Uyga kelib, atrofga boqib,
--Onam qani,-- demagan bormi?
Bu soʻzni hech aytolmaganni,
Dardlariga bir darmon bormi?
Onajonim izlasam qani?
Tushimda xam qoʻrmoqlik mushkul.
Izlarini topa olmasman,
Izlariga toʻldirolsam gul.
Onajonim hidlari xam yoʻq,
Onam yotgan uylar huvvillar.
Kirsam uyga bagʻir bosar yoʻq,
Qalbda koʻchki—armon uvillar.
Koʻzda yoshim yuzimni yuvsa,
Sogʻinchlarim boʻlsa chorasi.
Rozi edim sim-sim oqmoqqa,
Qoʻrinolsa onam qorasi.
--Onam qani,-- demagan bormi?
Bu soʻzni hech aytolmaganni,
Dardlariga bir darmon bormi?
Onajonim izlasam qani?
Tushimda xam qoʻrmoqlik mushkul.
Izlarini topa olmasman,
Izlariga toʻldirolsam gul.
Onajonim hidlari xam yoʻq,
Onam yotgan uylar huvvillar.
Kirsam uyga bagʻir bosar yoʻq,
Qalbda koʻchki—armon uvillar.
Koʻzda yoshim yuzimni yuvsa,
Sogʻinchlarim boʻlsa chorasi.
Rozi edim sim-sim oqmoqqa,
Qoʻrinolsa onam qorasi.
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!