Ona yuring XAJGA boramiz
Mexr qoʻyib yolgʻon dunyoga,
Qachongacha davron suramiz?
Sajda qilib Qodir Hudoga,
Ona yuring XAJGA boramiz!
Zimmangizda roʻzgʻor tashvishi,
Shu tashvishni baxam koʻramiz,
Tugamaydi bu dunyo ishi,
Ona yuring XAJGA boramiz.
Gar Kaʼbani qilmasak tavof,
Mahshar kuni yuzi qoramiz,
Bu dunyoda eng katta savob,
Ona yuring XAJGA boramiz!
Bir kun oʻlim haqdir ey inson,
Qutulmoqqa yoʻqdir choramiz,
Bormoq kerak har bir musulmon,
Ona yuring XAJGA boramiz!
Qalbimizda iymon oʻlmasin,
Xolimizga shayton kulmasin,
Koʻnglimizga armon boʻlmasin,
Ona yuring XAJGA boramiz.
Asrab sizni jondan ziyoda,
Boshga qoʻyib boray piyoda,
Armonim shu meni Dunyoda,
Ota yuring XAJGA boramiz,
Ona yuring XAJGA boramiz.
Qachongacha davron suramiz?
Sajda qilib Qodir Hudoga,
Ona yuring XAJGA boramiz!
Zimmangizda roʻzgʻor tashvishi,
Shu tashvishni baxam koʻramiz,
Tugamaydi bu dunyo ishi,
Ona yuring XAJGA boramiz.
Gar Kaʼbani qilmasak tavof,
Mahshar kuni yuzi qoramiz,
Bu dunyoda eng katta savob,
Ona yuring XAJGA boramiz!
Bir kun oʻlim haqdir ey inson,
Qutulmoqqa yoʻqdir choramiz,
Bormoq kerak har bir musulmon,
Ona yuring XAJGA boramiz!
Qalbimizda iymon oʻlmasin,
Xolimizga shayton kulmasin,
Koʻnglimizga armon boʻlmasin,
Ona yuring XAJGA boramiz.
Asrab sizni jondan ziyoda,
Boshga qoʻyib boray piyoda,
Armonim shu meni Dunyoda,
Ota yuring XAJGA boramiz,
Ona yuring XAJGA boramiz.
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!