🤲 Ota-ona haqida sherlar

Ona faryodi

6.4K marta oʻqildi
Ona faryodi
Tor qornimda toʻqqiz oy yashab,
Va tugʻulding guldayin yashnab.
Bugun esa koʻzlarim yoshlab,
Oqibating shumidi bolam?!

Koʻzim yoshlab, yuragim dogʻlab.
Xijronlarga vujudim bogʻlab.
Mexribonlik uyiga joylab,
Oqibating shumidi bolam?!

Oʻz-oʻzimni soʻroqlab pinxon,
Deyman qayda adashdim, qachon?
Koʻzlarimda yosh marjon-marjon,
Oqibating shumidi bolam?!

Boʻlsin debon quvvat xamda qut,
Koʻkrak tutib bergandim-ku sut.
Nahot bari boʻldimi unut,
Oqibating shumidi bolam?!

Alla aytib boshing silardim.
Yaratgandan bahting tilardim.
Faqat mexring umid qilardim,
Oqibating shumidi bolam?!

Otangdan soʻng tul boʻlib qoldim.
Parvarishsiz gul boʻlib qoldim.
Ichim yonib kul boʻlib qoldim,
Oqibating shumidi bolam?!

Koʻzga yaqin boʻldi deb bolam,
Tuf-tuf derdim, ortingdan xar dam.
Dod, men uchun tor boʻldi olam,
Oqibating shumidi bolam?!

Mexribonlik uyi-mexrli.
Men kabilar bunda qadrli.
Diydang buncha qattiq qaxrli,
Oqibating shumidi bolam?!

Mayli meni olib ketmagin,
Men-la oʻzing abgor yetmagin.
Faqat bitta iltimosim bor,
Bolajonim, kel rad yetmagin.

Bu yer yozda issiq boʻlarkan,
Kondicioner kerak boʻlarkan.
Puling koʻp-ku, xamma honaga,
Kondicioner qoʻysang boʻlarkan.

Men-ku oʻrganib qoldim hozir,
Biroq bolam, sen sal besabr.
Sen xam bir kun, kelasan ahir,
Oqibating shu yerdir bolam.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Ota-ona haqida sherlar

Ona yuring XAJGA boramiz

2-avgust, 20185.6K
Ota-ona haqida sherlar

Ammo sizning mehringizdan kam boʻladi

31-iyul, 20183.4K