📖 Hikoyalar

Amerika polisiyasi

2 daqiqa 2.6K marta oʻqildi
Amerika polisiyasi
Amerikaga endi kelgan vaqtimda eskiroq mashinada yurardim. Oʻzbekistondan olgan xaydovchilik guvoxnomam bilan. Uch oygacha yursa boʻladi oʻz davlatingiz bergan guvoxnoma bilan. Florida shtati xaydovchilik guvoxnomasini olish uchun test topshirishga borib, imtixondan chiqsam, mashina yurmayati. Oʻchib qolgan. Akkumulyator oʻtirgan. Aksiga olib, boshqa mashinadan zaryadlantirib olish uchun ishlatiladigan matoxim xam yoʻq. Shunda oʻsha erdagi “Pizza Hot”dan toʻrtta picca koʻtarib chiqib, mashinasiga oʻtirayotgan policiya xodimi meni koʻrib qoldi.
— Yordam kerakmi? Nima boʻldi?
— Shu, motor yurmayapti.
— Akkumulyator oʻtirgan boʻlsa, kerak. Menda kerakli instrumertlar bor edi. Xozir olib kelaman.
Borib, asbob-uskunalrini koʻtarib keldi. Avval chang yigʻilib qolgan akkumulyatorni coco-cola yordamida tozaladi. Zanglab qolgan joylarini qirtishladi. Keyin mashinasini menikining oldiga olib kelib, 10-15 daqiqa oʻzining batareykasidan zaryad berdi. Xamkasblari uchun idoraga olib ketayotgan piccalari xam sovib qoldi bu orada. Lekin mening ishimni xal qilib ketdi. Shuncha vaqt davomida na shahsimni tasdiqlaydigan, na bir boshqa hujjatimni soʻramadi.

Yoz kunlarining birida mashina yana ish koʻrsatib (shuning uchunam yangisini ovorganman, ja bir muammosi koʻp edi avvalgisining), katta trassada buzilib qoldi. Amallab chetga chiqib oldim. Oʻn daqiqacha oʻtib, chiroyli Dodge Charger mashinasida policiya xodimi kelib, axvolim qanaqa ekanini, qachondan beri oʻtirganimni, mashinaga nima boʻlganini soʻradi. Aytdim. Avvalo, kun issiqligi uchun, mashinasidan ikki baklashka muzdek suv olib kelib berdi. Keyin kapotni ochib, mashina bilan shugʻullanishni boshladi. Oʻzi eplolmaydigan ish ekanini tushunib, yoʻl tehnik yordam hizmatiga qoʻngʻiroq qilib, qaerda turganimni tushuntirib, ularni chaqirib berdi. “Bepulga qilib berishadi”, — dedi-yu, menga omad tilab, biror gap boʻlsa 911 raqamiga qoʻngʻiroq qilishimni aytib, hayrlashdi.
Qizigʻi xar ikki safarda xam policiya kelayotganini koʻriboq oʻz-oʻzidan “obbooo, shu etmay turuvdi”, — degan xayol oʻtgandi. Avtomatik ravishda bashara burishib, ensa qotgandi. Boʻlmasa, qonun buzganim yoʻq, xamma hujjatim joyida. Policiya xam menga yomon gapirish, hatto yomon qarashga xam ulgurgani yoʻq. Menga qilgan hushmuomalasi, yordamlaridan keyin oʻsha xayol uchunam uyalib, gʻalati boʻlib qoldim.
Yana bir-ikki marta shu kabi voqealardan keyin policiyani koʻrganda paydo boʻladigan oʻsha ensa qotishlar, “nima qilib qoʻydim ekan yana”, — degandek paydo boʻladigan oʻzingni aybdordek xis qilishlar yoʻqolib ketdi.

Men policiyani xurmat qila boshladim.

Amerika policiyasi bu — chiroyli, yarashgan uniformalar, ajoyib mashinalar, ochiqkoʻngillik, yordamga shaylik, hushmuomalalik. Rasmga tushib olsa boʻladimi siz bilan?, — deb soʻrasang, kamerangga kulib, qoʻllari bilan “zoʻr” ishorasini qilib turadigan yigitlar, kishilar, ayyollar. Ular xurmat va xavasga, ishonchga munosib. Xar holda shu paytgacha ular xaqida menda paydo boʻlgan taassurot shunday. 23, 07, 2013 yil
Telegram

Izohlar 0

Hozircha izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!

Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.