✍️ Sherlar

Yigʻlab tugʻildingmi, yigʻlatib ketgin.

3K marta oʻqildi
Doʻstim, eng moʻtabar manzilga yetgin,
Yaxshilik yoʻlida sen yashab oʻtgin,
Bir yaxshi nom qolsin erta ortingdan,
Yigʻlab tugʻildingmi, yigʻlatib ketgin.

Farzanding, doʻstlaring, ortingdan qolib,
Chiroyli kunlarda yodiga solib,
Suyganing oʻrtansin xotirga olib,
Yigʻlab tugʻildingmi, yigʻlatib ketgin.

Pul uchun, mol dunyo, hoyu havas deb,
Yashama, iymoning vijdoningni yeb,
Shukr ayt, Vataning tuprogʻini oʻp,
Yigʻlab tugʻildingmi, yigʻlatib ketgin.

Birovning koʻnglini ogʻritma zinhor,
Har bir urgan mushtning javobi ham bor,
Sen ketsang, boʻlsinlar qadaminga zor,
Yigʻlab tugʻildingmi, yigʻlatib ketding.

Davron sur, davralar toʻrin toʻldirib,
Boʻlmaydigan ishni epla boʻldirib,
Yashagin doimo kulib, kuldirib,
Yigʻlab tugʻildingmi, yigʻlatib ketgin.

Dillarga yaxshilik urugʻin ekmay,
Bir inson zotiga foydasi tegmay,
Kimlar yashab oʻtdi, dunyoni uqmay,
Yigʻlab tugʻildingmi, yigʻlatib ketgin.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Sherlar

Barchasi yaltiroq barchasi soxta

10-avgust, 20182.4K
Sherlar

Gʻiybatim qildi

10-avgust, 20183.3K
Sherlar

Ogʻushingga shoʻngʻib ketar ruh

10-avgust, 20182.2K