✍️ Sherlar

Allohim kechirgin men bir bandangni

2.7K marta oʻqildi
Allohim kechirgin men bir bandangni
Yuragim koʻksimga sigʻmasa netay
koʻksimni azoblar tigʻlasa netay
Ichimda nimadir yigʻlasa netay
Eshitsin nola- yu qilgan tavbamni
Allohim kechirgin men bir bandangni

Bu qanday hol bu,qanday jarayon
Ichimda vijdonim qilar gʻalayon
Bu holim bir senga, bir menga ayon
Vaqtida qilmadim nomoz tavbamni
Allohim kechirgin men bir bandangni

Bilib bilmay qilgan gunohlar uchun
Noshukrlikla aytilgan oh vohlar uchun
Sogingan koʻpgina nigohlar uchun
Gunohidan kechgin bir arzandangni
Allohim kechirgin men bir bandangni

Tilichasi yomonu yuragi toza
Faqat yahshilikdan olar andoza
Dardini qilmaydi koʻp ham ovoza
Rozi qilgunimcha ota onamni
Allohim kechirgin men bir bandangni
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Sherlar

Barchasi yaltiroq barchasi soxta

10-avgust, 20182.4K
Sherlar

Gʻiybatim qildi

10-avgust, 20183.3K
Sherlar

Ogʻushingga shoʻngʻib ketar ruh

10-avgust, 20182.2K