✍️ Sherlar

Men BAXTLI boʻlaman ishonavering

1 daqiqa 18.7K marta oʻqildi
Men BAXTLI boʻlaman ishonavering
Bir kun malikaga oʻxshab qolaman,
Gul qadalgan oppoq libos olaman,
Muzdek yuraklarga oʻtlar solaman,
Men BAXTLI boʻlaman ishonavering.

Bir kun koʻz oʻngimda gulaydi baxor,
Oyqizlar havasla aytishar yor-yor,
Menga gullar tutar meni suygan yor,
Men BAXTLI boʻlaman ishonavering.

Bir kun mahkam quchib dadam poyini,
Sogʻinchla aylanib uy har joyini,
Yigʻlab tark etsamda Ota uyimni,
Men BAXTLI boʻlaman ishonavering.

Bir kun yor-yorlarga toʻlar samolar,
Yoʻlimda tutashar koʻkka olovlar,
Bobom va buvimdan olib duolar
Men BAXTLI boʻlaman ishonavering.

Bir kun xonamga baxtlar toʻladi,
Oynadan goʻzal bir kelin kuladi,
Dadam juft Oyim ham ikkita boʻladi,
Men BAXTLI boʻlaman ishonavering.

Bir kuni yuzimga upalar surib,
Boshimga popukli romollar oʻrab,
Qizchalar chiqqanda roʻmolcha soʻrab,
Men BAXTLI boʻlaman ishonavering.

Bir kuni charogʻon boʻladi kunlar,
Guldonda ochilar oq atir gullar,
Hovli koʻchalarga sepganda suvlar,
Men BAXTLI boʻlaman ishonavering.

Birkun ular uchun sarpo teraman,
Koʻzlariga oʻtdek yonib turaman,
Borsangiz sizga ham salom beraman,
Men BAXTLI boʻlaman ishonavering.

Bir kun fayizli bir joy tuzataman,
Dadajon, Oyijonga choy uzataman,
Begimni koʻchaga shod kuzataman,
Men BAXTLI boʻlaman ishonavering.

Birkun polvonimga aytsam allalar,
Uyimga toʻlar soʻng beshik yallalar,
Toybola onasi boʻlgan pallalar,
Men BAXTLI boʻlaman ishonavering.

Bir kun nigoxlarim boʻlar boʻlakcha,
Orzularim sari BAXTdan yoʻlakcha,
Qizchamga kiydirib atlas koʻylakcha,
Men BAXTLI boʻlaman ishonavering.

Bir kuni boshimdan yogʻar yogʻdular,
Meni tark etadi gʻamlar qaygʻular,
Farzandlarim uchun qilib orzular,
Men BAXTLI boʻlaman ishonavering.

Bir kun termulsalar koʻzimga kulib,
Koʻzlaridan boqiy sevgisin bilib,
Begim bekligini duvolar qilib,
Men BAXTLI boʻlaman ishonavering.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Sherlar

Barchasi yaltiroq barchasi soxta

10-avgust, 20182.4K
Sherlar

Gʻiybatim qildi

10-avgust, 20183.3K
Sherlar

Baxtli boʻlasiz

13-avgust, 20183.3K