✍️ Sherlar

Ajab sohir tuyulmoqda bu damlar

2.3K marta oʻqildi
Ajab sohir tuyulmoqda bu damlar,
Hayqirib kuylaydi hatto toshgacha.
Nechun beparvosiz axir, odamlar,
Bu tun oʻzgachadir, tamom boshqacha!

Boqaman olisga nigohim sanchib,
Osmon chamanini qurshar oq gullar.
Kun boʻyi sershovqin shahar ham tinchib,
Biroz mizgʻish uchun choʻzilar yoʻllar.

Bu kech koʻngil qushi yana sayradi,
Tun ham qulluq aytar tabriklarimga.
Uyqudagi goʻzal dunyo hayrati
Ilinib qoladi kipriklarimga.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Sherlar

Sen qaydan bilarding...

15-avgust, 20183.6K
Sherlar

Noqobil farzand!

16-avgust, 20184.4K