🤲 Ota-ona haqida sherlar

Sodda tilak

4.8K marta oʻqildi
Har kimning ham sochlariga oq tushsin,
Ajin tushsin yuzlariga, dog‘ tushsin.
Har kimning ham quvvat ketib belidan,
Qoʻllariga aso — bir tayoq tushsin.

Imoni sof yuzga kirib yorug‘ yuz,
Toʻylar koʻrib yelkasidan tog‘ tushsin.
Va jismiga soʻnggi safar paytida
Oʻz bolasin qoʻlidan tuproq tushsin…

Muhammad Yusuf. «Bulbulga bir gapim bor» kitobidan
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Ota-ona haqida sherlar

Endi mening Navbatim Ona

31-iyul, 20183.6K
Ota-ona haqida sherlar

Ammo sizning mehringizdan kam boʻladi

31-iyul, 20183.4K
Ota-ona haqida sherlar

Ona yuring XAJGA boramiz

2-avgust, 20185.6K