🖋️ Abdulla Oripov

Birinchi muhabbatim

3.5K marta oʻqildi
Dunyo degan shundayin anglab boʻlmas sir ekan,
Goh keng ekan, gohida tuynuksiz qasr ekan,
Lekin inson hamisha bir hisga asir ekan,
Nechun bilmovdim avval, birinchi muhabbatim,
Parvo qilmovdim avval, birinchi muhabbatim

Holbuki orzulardan judo ham boʻlganim yoʻq,
Yuduzday kuyganim yoʻq, oy kabi inganim yoʻq.
Erta xazon gul kabi sargʻayib, soʻlganim yoʻq,
Seni eslab yigʻlayman, birinchi muhabbatim,
Eslab bagʻrim tigʻlayman, birinchi muhabbatim.

Yoʻlin yoʻqotsa odam muhabbatga suyangay,
Gʻussaga botsa odam muhabbatga suyangay,
Chorasiz qotsa odam muhabbatga suyangay,
Men kimga suyangayman, birinchi muhabbatim,
Faqat eslab yongayman, birinchi muhabbatim,

Nido bergil, qaydasan, sharpangga quloq tutdim,
Sirli tushlar koʻrib men bor dunyoni unutdim,
tongda turib nomingga ushbu sherimni bitdim,
Dildagi oxim mening, birinchi muhabbatim,
Yolgʻiz ollohim mening, birinchi muhabbatim.

Abdulla Oripov sheʼri
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Abdulla Oripov

Xatolaring kerak ularga

16-iyun, 20183.2K
Abdulla Oripov

Tilla baliqcha

16-iyun, 20184K