🖋️ Abdulla Oripov

Xatolaring kerak ularga

3.2K marta oʻqildi
Shundaylar bor,senga lutf aylab,
Doʻstman, deya senga qoʻlin tutarlar.
Lekin har zum qadaming poylab,
Xato qilishingni ular kutarlar.

Xato qilsang, ularga bayram,
Yoʻqsa, zahru zaqqum yutarlar.
Mayli, jindek, zarra boʻlsa ham,
Xato qilishingni ular kutarlar.

Xatolaring kerak ularga,
Shox navdangni darhol butarlar
Tagʻin kunni ulab tunlarga,
Xato qilishingni ular kutarlar.

Axtarurlar hamisha illat,
Yetti pushting goʻrin titarlar.
Faqat unma, ulgʻayma faqat,
Xato qilishingni ular kutarlar.

Ular senga bir umr yoʻldosh,
Sodiq hamroh kabi oʻtarlar.
Qabring uzra egsalar ham bosh,
Xato qilishingni ular kutarlar.

Abdulla Oripov sheʼri
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Abdulla Oripov

Birinchi muhabbatim

16-iyun, 20183.5K
Abdulla Oripov

Tilla baliqcha

16-iyun, 20184K