Sevmasmiding
Yolgʻiz sen uchun yashab,
Gʻam yutsam sezmasmiding?
Yor ketding meni tashlab,
Sevmasmiding...
Mudom seni oʻylasam,
Yuragimga joylasam,
Isming aytib kuylasam,
Sevmasmiding...
Shunchalar soddamanki,
Buni sezmabman chunki,
Ezmoqda xijron yuki,
Sevmasmiding...
Mening aybim nima ahir,
Shunchalar qismatim tahir,
Sevaman deb ey toshbagʻir,
Sevmasmiding...
Sevmasding...
Buni sezdim,
Yurakka bir qabr qazdim,
Toshga sening isming yozdim,
Yolgʻiz sen uchun yashab,
Gʻam yutsam sezmasmiding?
Yor ketding meni tashlab,
Sevmasmiding...
Sevmasmiding...
Bu kuningdan ey bevafo,
OʻLMASMIDING...
Ahad Kayum sheʼri
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!