💡 Qiziqarli maʼlumotlar

Saxarlik va iftor uchun tavsiyalar

5 daqiqa 10.2K marta oʻqildi
Saxarlik va iftor uchun tavsiyalar
Alxamdulillax, barcha moʻmin-musulmon yil davomida kutadigan muqaddas ramazon oyi xam kirib keldi. Roʻza tutish qurʼoni karimda keltirilgan musulmonlarning farzlaridan biridir. Bu muqaddas farzni ato etishning koʻpgina qoidalari boʻlib, bugun biz saxar va iftorlik taomnomasiga eʼtibor qaratilishi lozim boʻlgan taraflarga toʻhtalib oʻtamiz.

Muqaddas Ramazon oyida isteʼmol qilayotgan taomingiz xar doimgi taomnomangizdan katta farq qilishi kerak emas va iloji boricha oddiyroq boʻlishi lozim. Roʻza, yoz oylariga toʻgʻri kelgan paytda iftor vaqti bilan saxargacha boʻlgan vaqt oraligʻi koʻp boʻlmaydi. Bu esa iftor vaqtida qabul qilingan taomlar yetarli darajada oshqozonda xazm boʻlish imkonini yaratmaydi.

SAXARLIK VAQTIDA TAOM QABUL QILISh

Saxarlik va iftor uchun tavsiyalar
Saxarlik taomi roʻzador tomonidan Bomdod namoziga oʻqiladigan azonga qadar qabul qilinishi kerak. Saxarlik roʻzador uchun juda muxim xisoblanadi. Hadislarda keltirilishicha roʻzador xech boʻlmaganda bir qultum suv bilan ogʻiz yopishi kerak, Eron hurmasi isteʼmol qilish esa eng aʼlo saxarlik xisoblanadi.

Saxarlik va iftor uchun tavsiyalarSaxarlik va iftor uchun tavsiyalarSaxarlik va iftor uchun tavsiyalarSaxarlik va iftor uchun tavsiyalarSaxarlik organizmni kundalik quvvat bilan taʼminlaydi. Shifokorlar saxarlikka murakkab uglevodli maxsulotlar – dagʻal undan tayyorlangan non, yormali shoʻrvalar, barra sabzavotlardan tayyorlangan salatlar va quritilgan mevalarni isteʼmol qilishni maslaxat beradilar.

Saxarlik va iftor uchun tavsiyalarSaxarlik va iftor uchun tavsiyalarMurakkab uglevodlar organizmda uzoq vaqt xazm boʻladi, shu sababli 8-12 soat davomida organizmni quvvat bilan taʼminlaydi. Ularga goʻsht, baliq, tuhum va sut maxsulotlari koʻrinishidagi oqsillarni qoʻshish mumkin. Oqsillar xam etarli darajada sekin xazm boʻladi va yuqori jismoniy faollikda juda muxim, lekin xaddan tashqari koʻp isteʼmol qilinganda oqsil shundoq xam roʻza vaqtida qoʻshimcha bosim bilan ishlayotgan jigarga ogʻirlik qiladi.

Saxarlik va iftor uchun tavsiyalarEron hurmasi – qand manbai xisoblanadi, shuningdek unda kletchatkalar, uglevodlar, kaliy va magniy xam juda koʻp. Lekin saxarlik vaqtida xaddan tashqari koʻp taom qabul qilish va keragidan ortiq suv ichish mumkin emas. Chunki buning natijasida organizmga kun davomida juda kerak boʻladigan mineral tuzlar yuvilib ketishi mumkin. Saxarlikda qaxvadan butunlay voz kechganingiz maʼqul. Qatiq asosida tayyorlangan ichimliklar esa ayni muddao boʻladi.

IFTORLIK VAQTI (OGʻISh OChISh)DA TAOM QABUL QILISh
Iftorlik toami quyosh botishi bilan va hufton namoz oʻqilishiga qadar qabul qilinadi. Hadislarda keltirilishicha ogʻizni eron hurmasi bilan ochish maqsadga muvofiq boʻladi, agar eron hurmasi bilan ogʻiz ochishga imkon boʻlmasa, u taqdirda suv bilan ogʻizni ochish mumkinligi, chunki suv organizmni tozalashi aytib oʻtilgan.

Saxarlik va iftor uchun tavsiyalarDin boʻyicha mutahassislar hufton namozigacha kam miqdorda taom isteʼmol qilishni, hufton namozidan soʻnggina tuzatilgan dasturhonga oʻtirib ovqatlanishni davom ettirishni maslaxat beradilar.

Saxarlik va iftor uchun tavsiyalarRamazonning xar kechasi xaqiqiy bayram boʻlib, iftorlik dasturhoniga mevalar, turli pishiriqlar, quritilgan mevalar, sut-qatiqli taomlarni va inson organizmiga quvvat bagʻishlovchi taomlarni qoʻyish mumkin. Avvalo iftorlik vaqtida taom isteʼmol qilish meʼyordan oshib ketmasligi lozim.

Saxarlik va iftor uchun tavsiyalarBu yilgi roʻza oyi yoz kunlariga toʻgʻri kelganini va yuqorida aytilgan iftorlik va saxarlik oraligʻi uncha katta emasligini inobatga olib, koʻproq barra mevalar, sabzavotlar, tabiiy sharbatlarni isteʼmol qilishga xarakat qiling.

Saxarlik va iftor uchun tavsiyalarJuda xam yogʻli, achchiq, qovurilgan, hamirli taomlarni isteʼmol qilishga mukkasidan ketmasliklaringizni maslaxat bergan boʻlardik, chunki yuqorida sanab oʻtilgan taomlar oshqozonga katta ogʻirlik tushishiga, vaznning ortishiga, jigʻildon qaynashiga olib kelishi mumkin. Roʻza tutishning asosida organzmning keraksiz moddalardan tozalanishi va uning tiklanishi, sogʻlomlanishi yotadi.
Roʻzadorning taomnomasida sabzavotli, goʻsht-sabzavotli taomlar, salatlar boʻlsa maqsadga muvofiq boʻladi. Toʻgʻri xar bir kishining oʻzi yoqtirgan taomnomasi boʻladi. Shu sababli variantlar juda xam koʻp. Ovqatlanish yahshi balanslashgan boʻlib, unga xar guruxning foydali va mazali maxsulotlari kirishi lozim. Masalan, sabzavotlar, mevalar, goʻsht, non, donli va sut maxsulotlari.
Saxarlik va iftor uchun tavsiyalarSaxarlik va iftor uchun tavsiyalarIftor va uyqu oraligʻida koʻproq suyuqlik qabul qilishga xarakat qiling, bu organzmdagi suyuqlik miqdorini ushlab turishga yordam beradi. Suyuqlik qabul qiling deganda, biz doʻkon peshtahtalaridagi turli xil sharbatlar va yahna ichimliklarni emas, balki mineral suv, uy sharoitida barra mevalardan tabiiy siqib chiqarilgan sharbatlarni, kompotlarni, kisel va choyni nazarda tutmoqdamiz. Oddiy qaynatilib, tindirilgan suvni xam ichish organizmga xech qandar zarar keltirmaydi.

Saxarlik va iftor uchun tavsiyalarSaxarlik va iftor uchun tavsiyalarYana shuni xam aytib oʻtishimiz joizki, roʻza vaqtida turli tez tayyorlanadigan taomlarni oʻz racioningizdan chiqarib tashlash toʻgʻri boʻladi. Ularga turli hil zirovarli ugralar, idishlardagi boʻtqalar kiradi. Kolbasani xam taomnomadan chiqarish kerak. Chunki bu keltirilgan roʻyhatdagi taomlarda toʻgʻri uglevodlar boʻlmaydi va ulardagi mavjud oqsillar tez xazm boʻlib, ochlik xissi 1-2 soatdan keyin tezda qaytadi. Ulardagi turli ziravorlar va tuz miqdorining koʻpligi ishtaxaning ochilishiga va suvsash xissi paydo boʻlishiga olib keladi.
Saxar va iftor dasturhoni turli xil taomlar bilan toʻldirilishi mumkin. Ammo uni nafaqat mazali qilish, balki organizmingiz uchun foydali qilishni unutmang.

Roʻza tutish moʻmin-musulmonni nafaqat ruxini tozalaydi, balki sogʻliqni xam tiklaydi. Yil davomida muntazam ovqat qabul qilishdan charchagan inson organizmi, bu oyda bir oz dam oladi va shu tariqa bizning jismimizda yangilanish jarayoni boʻlib oʻtadi.

Yuqorida aytib oʻtilgan barcha soʻzlar, qatʼiy rioya qilinishi lozim boʻlgan qoidalar deb taʼkidlay olmaymiz, ammo ularga eʼtibor qaratish xech birimizga zarar keltirmaydi deb, ayta olamiz.

Aziz yurtdoshlar, moʻmin-musulmonlarnlar saytimiz nomidan sizlarni sultoni Ramazon sharif bilan chin qalbdan muborakbod etamiz. Allox taolo bu oyni barchalarimizga qutlug' va barokotli qilishini tilab qolamiz! Tutilajak roʻzalarimizni komil va batamom boʻlishini nasib aylasin!
Xammangizga sabr va toqat, oilalaringizda doimo tinchlik-totuvlik, qut-baraka, mexr-oqibat xukmronlik qilishini chin qalbdan tilaymiz.

Soʻzimiz soʻnggida barcha roʻzadorlar uchun qulaylik yaratish maqsadida, Ramazon taqvimini taqdim etamiz.

TOShKENT ShAXRI VA VILOYaTI UChUN RAMAZON TAQVIMI 1440 XIJRIY - 2019 YIL

Saxarlik va iftor uchun tavsiyalar
ROʻZA TUTISh (OGʻIZ YoPISh) DUOSI
Navaytu an asuma sovma shaxri romazona minal fajri ilal magʻribi, holisan lillaxi taʼala. Alloxuakbar.
Maʼnosi: Ramazon oyining roʻzasini subxdan to kun botguncha tutmoqni niyat qildim. Holis Allox uchun. Allox Buyukdir.

IFTORLIK (OGʻIZ OChISh) DUOSI
Alloxumma laka sumtu va bika amantu va 'alayka tavakkaltu va 'ala rizqika aftartu, fagʻfirli yagʻoffaruma qoddamtu va ma ahhortu.
Maʼnosi: Ey Allox, ushbu roʻzamni Sen uchun tutdim va Senga iymon keltirdim va Senga tavakkal qildim va bergan rizqing bilan iftor qildim. Ey gunoxlarni afv qiluvchi Zot, mening avvalgi va keyingi gunoxlarimni magʻfirat qilgil.

Azizlar barchangizga ushbu muqaddas oyda sabr-toqat, sogʻliq tilab qolamiz.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!