🎵 Qoʻshiq matnlari

Feruza Jumaniyozova - Onajonimsiz

1.8K marta oʻqildi
Feruza Jumaniyozova - Onajonimsiz
Hoyu-havaslardan charaqlab turmay,
Koʻngil koʻchasidan yaraqlab yurmay, (x2)
Oʻz taqdir kitobin varaqlab koʻrmay,
Bolasin oʻylagan onajonimsiz!
Bolasin oʻylagan onajonimsiz!

Irmogʻim tuzatgan buloq oʻzingiz,
Izimda yoshlarin toʻkar koʻzingiz,
Jonimni asraydi duo-soʻzingiz,
Baxtimdan soʻylagan onajonimsiz!
Baxtimdan soʻylagan onajonimsiz!

Yashaysiz qismatga shukrlar qilib,
Shirin orzu, yaxshi umidlar qurib,
Qomatim koʻrganda, quvonib kulib,
Qomatim koʻrganda, quvonib kulib,
Boʻyimni boʻylagan onajonimsiz!
Boʻyimni boʻylagan onajonimsiz!

Siz shundayin muattar, shundayin tanho,
Oftob qalbingizdan olami ziyo,
Siz shunday beminnat, bir mehri daryo,
Yuragi kuylagan onajonimsiz!
Yuragi kuylagan onajonimsiz!

Hoyu-havaslardan charaqlab turmay,
Koʻngil koʻchasidan yaraqlab yurmay, (x2)
Oʻz taqdir kitobin varaqlab koʻrmay,
Oʻz taqdir kitobin varaqlab koʻrmay,
Bolasin oʻylagan onajonimsiz!
Bolasin oʻylagan onajonimsiz!

Onajonimsiz, onajonimsiz… (x2)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!