Ortiq Otajonov - Boshqacha

Hijronida oʻrtaganmi sizni ishq,
Na kuylara solmas yigit-qizni ishq. (x2)
Hech bir oshiq sevgisiga oʻxshamas,
Saodatli, sadoqatli bizni ishq. (x2)
Oʻynab-kulib muhabbatning oʻtida,
Ikkimizning yonganimiz boshqacha.
Ishq oʻynashib lablarimiz bolidan
Xumor-xumor qonganimiz boshqacha. (x2)
Hayrat ila izlarimizdan boqib,
Rashk oʻtida dogʻda qoldi shum raqib. (x2)
Yuring, sayr etaylik chamanlar koʻrkin,
Chakkangizga qizil gullardan taqib. (x2)
Oʻynab-kulib muhabbatning oʻtida,
Ikkimizning yonganimiz boshqacha.
Ishq oʻynashib lablarimiz bolidan
Xumor-xumor qonganimiz boshqacha. (x2)
Bandaning boʻlmagay ishqda xatosi,
Daryo boʻlib, toshsin mehru vafosi.
Muhabbatdan toʻymas oshiq Erkinga
Rohat berar hatto yorning jafosi.
Muhabbatdan toʻymas oshiq Erkinga
Rohat berar hatto yorning jafosi.
Oʻynab-kulib muhabbatning oʻtida,
Ikkimizning yonganimiz boshqacha.
Ishq oʻynashib lablarimiz bolidan
Xumor-xumor qonganimiz boshqacha. (x2)
Xumor-xumor qonganimiz boshqacha. (x2)
Na kuylara solmas yigit-qizni ishq. (x2)
Hech bir oshiq sevgisiga oʻxshamas,
Saodatli, sadoqatli bizni ishq. (x2)
Oʻynab-kulib muhabbatning oʻtida,
Ikkimizning yonganimiz boshqacha.
Ishq oʻynashib lablarimiz bolidan
Xumor-xumor qonganimiz boshqacha. (x2)
Hayrat ila izlarimizdan boqib,
Rashk oʻtida dogʻda qoldi shum raqib. (x2)
Yuring, sayr etaylik chamanlar koʻrkin,
Chakkangizga qizil gullardan taqib. (x2)
Oʻynab-kulib muhabbatning oʻtida,
Ikkimizning yonganimiz boshqacha.
Ishq oʻynashib lablarimiz bolidan
Xumor-xumor qonganimiz boshqacha. (x2)
Bandaning boʻlmagay ishqda xatosi,
Daryo boʻlib, toshsin mehru vafosi.
Muhabbatdan toʻymas oshiq Erkinga
Rohat berar hatto yorning jafosi.
Muhabbatdan toʻymas oshiq Erkinga
Rohat berar hatto yorning jafosi.
Oʻynab-kulib muhabbatning oʻtida,
Ikkimizning yonganimiz boshqacha.
Ishq oʻynashib lablarimiz bolidan
Xumor-xumor qonganimiz boshqacha. (x2)
Xumor-xumor qonganimiz boshqacha. (x2)
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!