🎵 Qoʻshiq matnlari

Oybek va Nigora - Aylanaveradi

2K marta oʻqildi
Oybek va Nigora - Aylanaveradi
Yuragidan sevgan inson bilar –
Ishqning dardi bedavo.
Sevgisidan koʻngling qolsa hamki,
Sogʻinchi ketmas aslo.
Menga hadeb ozor berish yoʻlini
Koʻp oʻylama, bu oddiy:
Ovozingni bir kun eshitmasam,
Shuning oʻzi yetarli.
Aylanaveradi, aylanaveradi,
Koʻngling oʻylayverar ekan –
Qanday mening hol-ahvolim.
Aylanaveradi, aylanaveradi,
Menga boʻlgan sogʻinchlaring
Koʻnglingni qiynayveradi.
Bu shunday sevgimki, tanho vafoli,
U senda yoʻq, dilning qalbida yashar.
Bilsayding sevgim qanchalik fidoiy,
U seni faqat oʻzi uchun sevib yashar.
Afsus bilmaysan, afsus bilmaysan,
Magʻrur qalbimning qalbida sensan. (x2)
Aylanaveradi, aylanaveradi,
Koʻngling oʻylayverar ekan –
Qanday mening hol-ahvolim.
Aylanaveradi, aylanaveradi,
Menga boʻlgan sogʻinchlaring
Koʻnglingni qiynayveradi.
Bu shunday sevgimki, tanho vafoli,
U senda yoʻq, yuragimda yashar.
Bilsayding sevgim qanchalik fidoiy,
U seni faqat oʻzi uchun sevib yashar.
Afsus bilmaysan, afsus bilmaysan,
Magʻrur qalbimning qalbida sensan. (x2)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!