Dilsoʻz - Otajon

Bagʻringizda avaylab, voyaga yetkazdingiz,
Oftob tushsa boshimga, soyaga yetkazdingiz, (x2)
Baxtim tilab tunlarni beorom oʻtkazdingiz.
Bugun yor-yor aytilmoqda qizingizga, otajon,
Yoshlar kelar marjon-marjon koʻzingizga, otajon. (x2)
Dilimda aytolmagan izhorim dunyo-dunyo,
Oʻzga uyning yoʻlida koʻz yoshim daryo-daryo, (x2)
Hali uzoq ketmayin sogʻinarman men goʻyo.

Turibman izlaringiz koʻzga surtguday boʻlib,
Peshonamni silaysiz, oʻparsiz asta kulib, (x2)
Yuzimga termularsiz koʻksingiz toʻlib-toʻlib.

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!