✍️ Sherlar

Hoy, oq ilon, oppoq ilon

6.3K marta oʻqildi
Hoy, oq ilon, oppoq ilon
Hoy, oq ilon, oppoq ilon,
Oydinda yotganing qani?
Sen-ku meni yomon deding,
Yahshini topganing qani?

Xoy, oq ilon, oppoq ilon,
Toʻningni tashlab ketma.
Olib-olib, menga yomon
Kuningni tashlab ketma.

Ana, uning tili uzun,
Mening dilim uzundir.
Ana uning qoʻli uzun,
Mening yoʻlim uzundir.

Uzun-uzun ishonchlarim
Jon joyida uzildi.
Yurakdagi ishonch uyi
Tiklanmasdan buzildi.

Xoy, oq ilon, oppoq ilon,
Toʻningni tashlab ketma.
Olib-olib, menga yomon
Kuningni tashlab ketma.

Xoy, oq ilon, oppoq ilon,
Tishingdagi zaxarmi?
Qon yigʻlatib meni koʻp yomon
Kuydirganing saxarmi?

Eshiklarni yigʻlab yopdim,
Eshigingni yopgin, yor.
Men-ku seni suyib topdim,
Sen Hudodan topgin, yor.

Xoy, oq ilon, oppoq ilon,
Oydinda yotganing qani?
Sen-ku meni yomon deding,
Yahshini topganing qani?

Xoy, oq ilon, oppoq ilon,
Toʻningni tashlab ketma.
Olib-olib, menga yomon
Kuningni tashlab ketma...
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!