✍️ Sherlar

Oʻgʻil bolang-birovning hasmi.

1 daqiqa 6.7K marta oʻqildi
Oʻgʻil bolang-birovning hasmi.
Oʻgʻilmi qiz-bari oʻz bolang,
Kizlar-mehmon, deyishar rasmi,
Oʻzingniki asli-qiz bolang,
Oʻgʻil bolang-birovning hasmi.

Oʻstirasan boʻlib parvona,
Ega chikar bitta jonona,
Bu savdoga boʻlma hayrona
Oʻgʻil bolang-birovning hasmi.

Unitsa ham oʻz onasini,
Tugʻilgan hovli-honasini,
Unitmaydi qaynonasini,
Oʻgʻil bolang-birovning hasmi.

Qizing jonin ilinib turar,
Yuraklari tilinib turar,
Mehri koʻzdan bilinib turar,
Oʻgʻil bolang-birovning hasmi.

Sogʻinganda yigʻlamay kutgin,
Ichikmasdan oʻzingni tutgin,
Koʻz yoshingni "kult"etib yutgin,
Oʻgʻil bolang-birovning hasmi.

Uy-ruzgori buynida hurjin,
Bolamga der, Hudo bergan kun,
Duo qilu, chikarmagin un,
Oʻgʻil bolang-birovning hasmi.

Yuragining ustini-yori,
Sovuqqotsa poʻstini-yori,
Bolasiga topgani, bori
Oʻgʻil bolang-birovning hasmi.

Urishsalar qozi boʻlasan,
Oʻrtada tarozi boʻlasan,
Oʻlimingga rozi boʻlasan,
Oʻgʻil bolang-birovning hasmi.

Ishi tushsa yoningga chopar,
Hindistonda boʻlsang ham topar,
Boshqa payt kutma ey, modar,
Oʻgʻil bolang-birovning hasmi.

Hafa boʻlsang koyib, tonasan,
Kechirasan, chunki onasan,
Tushun, muncha kuyib-yonasan,
Oʻgʻil bolang-birovning hasmi.

Janjal qilma, onamisan, bas!
Kelin sening kundoshing emas,
Oʻgʻling endi sirdoshing emas,
Oʻgʻil bolang-birovning hasmi.

Sovchilikka borishdan oldin,
Sandikka sep solishdan oldin,
Bir mantikka koʻnikib olgin,
Oʻgʻil bolang-birovning hasmi.

Kelsa-yu kelmasa, duo qil,
Bilsa-yu bilmasa, duo qil,
Bersa-yu bermasa, duo qil,
Oʻgʻil bolang-birovning hasmi.

Mehnatlaring- Hudo yoʻliga,
Zahmatlarig- Hudo yoʻliga,
Qaratib qoʻymasin qoʻliga,
Oʻgʻil bolang-birovning hasmi.

Kelinga gapirsang muloyim,
Oʻgʻling sendan rozi har doim,
Bu hayotdir, Marhabo oyim,
Oʻgʻil bolang-birovning hasmi!
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!