❤️ Sevgi haqida sherlar

Sevsangiz jondan seving...

2.9K marta oʻqildi
Sevsangiz jondan seving...
Sevsangiz jondan seving, soʻngida jon qiynalmasin,
Bemexrga duch kelib, bir mexribon qiynalmasin.

Xech bir oshiq kuymasin ishq oʻtida devonavor,
Unga yor boʻlsin sadoqat, xech qachon qiynalmasin.

Sevgi boʻstoni vafo birla bezansin bir umr,
Tushmasin bogʻga gʻuboru, bogʻbon qiynalmasin.

Sen koʻtar osmon qadar yorni munosib boʻlsa gar,
Ketsa ox cheksin zaminu osmon qiynalmasin.

Biz-ku mexmon bir-birovga, honadondur bu vatan,
Bir-birovni qiynamaylik, honadon qiynalmasin.

Soxibi shondur muxabbatda vafoli boʻlsa yor,
Yorga baht bahsh aylagan soxibi shon qiynalmasin.

Oshiq shoirga oʻzing jonu jaxonsan, dilbarim,
Qiynama, bir men emas — jonu jaxon qiynalmasin.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!